To‘qayev Sirojiddin Sayyidni mukofotladi

Jamiyat

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning qarori bilan O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid “Hurmat” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mukofotni Yozuvchilar uyushmasida Qozog‘istonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulov topshirgan.

“Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulov mehmon bo‘ldi”, deyiladi uyushma xabarida.

Mukofotlash marosimida elchixona va uyushma vakillari ishtirok etgan. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida barcha jabhalar qatorida adabiy aloqalar ham tobora rivojlanib borayotgani ta’kidlangan.

Tadbir davomida elchi Atamqulov uyushma raisi Sirojiddin Sayyidga Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev qarori bilan tasdiqlangan “Hurmat” ordenini topshirgan.  Shundan so‘ng, har ikki tomon kelgusidagi adabiy-madaniy hamkorlik ishlariga tayyorligini ma’lum qilgan va bir-birlariga esdalik sovg‘alarini topshirgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Minhojiddin Hojimatov (Minhojiddin Mirzo) Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirojiddin Sayyid Yozuvchilar uyushmasi Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made