Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari o‘zgardi
Jamiyat
−
02 Fevral 2024 15732 1 daqiqa
Minhojiddin Mirzajanovich Hojimatov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari lavozimidan ozod qilindi. U 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining rahbari etib tayinlangandi.
Ma’lumot uchun, shoir va jurnalist Minhojiddin Hojimatov 1965 yilda tug‘ilgan, 1990 yilda Toshkent davlat universiteti Jurnalistika fakultetini tamomlagan. U 2012−2013 yillarda — Milliy teleradiokompaniya raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 2013−2014 yillarda Madaniyat va sport vaziri bo‘lgan. Shuningdek, u Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan.
Uning o‘rniga Otabek Abdurashidovich Hasanov Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori etib tayinlandi.
U tayinlovga qadar Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr