Mahmud Abbos Falastin hukumatining iste’fosini qabul qildi

Olam

image

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos Bosh vazir Muhammad Shtayening iste’fosini qabul qildi. Bu haqda WAFA agentligi xabar berdi. 

Abbos Ramallahda Bosh vazir bilan uchrashgan. Hukumat iste’fosini qabul qilgach, Abbos Shtaye va Vazirlar Mahkamasi vazirlaridan yangi hukumat tuzilmaguncha “vaqtchi vazirlar mahkamasi” sifatida ishlashni davom ettirishni so‘ragan.

Ma’lumot uchun, Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye Ramallahda bo‘lib o‘tgan haftalik Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida Prezident Mahmud Abbosga iste’fosini taqdim etganini aytgan.

“Ushbu qaror Falastin masalasiga va siyosiy tizimimizga misli ko‘rilmagan zo‘ravonlik hujumlari, shuningdek, G‘azoda xalqimizga qarshi genotsid jinoyatlari, masalan, majburiy ochlik va majburiy ko‘chirilishi fonida qabul qilindi”, deydi Shtaye.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Al Mayadeen” telekanali Prezident Abbos ba’zi mintaqaviy o‘yinchilar va AQSH tomonidan unga ko‘rsatgan bosim tufayli hukumatni o‘zgartirayotganini xabar qilgandi. Taxminlarga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining iste’foga chiqishi G‘azo sektoridagi mojaroga barham berish bo‘yicha olib borilayotgan vositachilik harakatlari hamda Isroil qo‘shinlarini olib chiqib ketish va anklavdan blokadani olib tashlash bo‘yicha xalqaro kafolatlar berilishi bilan bog‘liq.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Mahmud Abbos Muhammad Shtaye

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing