AQSH yana Mahmud Abbosga viza bermadi
Olam
−
21:45 274 2 daqiqa
AQSH Falastin Prezidenti Mahmud Abbosga BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka tashrif buyurish imkonini beruvchi vizani berishni ketma-ket ikkinchi marta rad etdi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti bayonot e’lon qildi.
“Davlat departamenti Kongressga Falastin ozodlik tashkiloti (FOT) va Falastin milliy ma’muriyati 1989 yilgi FOT majburiyatlarini bajarish to‘g‘risidagi qonun hamda 2002 yilgi Yaqin Sharqda tinchlik majburiyatlari to‘g‘risidagi qonunda belgilangan majburiyatlarini navbatdagi marta bajarmaganini ma’lum qildi.
Majburiyatlarning bajarilmagani xalqaro tashkilotlarda Xavfsizlik Kengashining 242 va 338-sonli rezolyutsiyalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ilgari qabul qilingan majburiyatlarga zid keluvchi harakatlarni tashabbus qilish va qo‘llab-quvvatlashni, Isroil-Falastin nizosini, jumladan, Xalqaro jinoyat sudi va BMTning Xalqaro sudi orqali baynalmilallashtirish (xalqaro darajaga olib chiqish) bo‘yicha harakatlarni, bir tomonlama tan olishga erishish orqali muzokaralarni aylanib o‘tishga urinishlarni, shuningdek, terrorchilarga nafaqalar to‘lashni davom ettirish hamda ommaviy bayonotlar va maktab darsliklarida terrorchilik harakatlari va terrorchilarni ulug‘lashni o‘z ichiga oladi”, deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, shu munosabat bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari Falastin ozodlik tashkiloti a’zolari va Falastin ma’muriyati mansabdor shaxslariga viza berishni taqiqlovchi sanksiyalarni kengaytiradi.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda ham Falastin ma’muriyati Prezidenti Mahmud Abbos viza berilmagani sababli Bosh Assambleyada shaxsan ishtirok eta olmagan va yig‘ilganlar oldida onlayn rejimda ma’ruza qilgan edi.
Live
Barchasi