Mahallalardagi 10 mlrd so‘mlik tenderlarda qonun buzilgani aniqlandi
3-sahifa
−
09 avgust
2807Qoraqalpog‘iston Respublikasida mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan o‘tkazilgan 10 milliard so‘mga yaqin tender savdolarida qonun buzilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qoraqalpog‘istonda mahallalar infratuzilmalarini takomillashtirish, aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini hamda mavjud muammolarning samarali va tezkor hal etilishini moliyaviy va moddiy jihatdan ta’minlash maqsadida jamg‘arma hisobidan 2023 yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 452 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining har biriga 500 mln so‘mdan mablag‘ yo‘naltirishi belgilangan.
Ushbu mablag‘larga muvofiq, mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan umumiy qiymati 10 mlrd so‘mga yaqin tanlovlarni o‘tkazishda “Raqobat to‘g‘risida” va “Davlat xaridlari”gi qonunchilik hujjatlariga asosan, takliflarni baholash mezoni (xarid komissiyalari tomonidan kelib tushgan takliflarga ball belgilashda baholash mezonlarini ishlab chiqmagan) talablarini buzilishiga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, belgilangan tartibda 48 ta ish qo‘zg‘atilib, tegishli choralar ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq noto‘g‘ri reklamaga yo‘l qo‘yilishi ortidan “Ipotekabank” jarimaga tortilgandi. Shuningdek, “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i ham jarima to‘lashi xabar qilingandi.
LiveBarchasi
04 noyabr