Mahalla yettiligi va bank xodimlari 1,4 mlrd so‘mni “uxlatdi”
3-sahifa
−
01 iyul 34824 1 daqiqa
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1,4 milliard so‘mlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan “bankir”lar fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Beruniy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tijorat bankining BXM mas’ul shaxslari, 7 ta MFY hokim yordamchilari va boshqalar o‘zaro til biriktirib 37 nafar fuqaroning nomiga 1,4 milliard so‘mlik imtiyozli kredit ajratib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada o‘zi ishlagan bankning katta miqdordagi pulini talon-toroj qilgan mansabdor 8 yil-u 6 oy muddatga qamalgan edi.

Live
Barchasi