Mahalla xodimlariga ham o‘qishga kirishda imtiyoz beriladi

Jamiyat

−

image

O‘zbekistonda mahalla xodimlari ham tavsiyanoma asosida o‘qishga imtiyozli qabul qilinadi. Bu haqda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarorida so‘z boradi. 

Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi oliy ta’lim muassasalarida “5520100 – Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun sirtqi ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi. 

Mazkur sirtqi ta’lim shakli doirasida:

  • o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida tashkil etiladi;
  • kadrlar tayyorlash bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlarini ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Milliy universiteti tayanch OTM hisoblanadi;
  • Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega bo‘lgan hamda kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari talabalikka tavsiya etiladi;
  • tasviyanoma asosida o‘qiyotgan talabalar o‘qishini boshqa bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 

Tavsiyanomalar, jumladan, quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

  • egallab turgan lavozimida so‘nggi bir yil davomida faoliyat yuritayotgani;
  • mahalla tizimida kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgani;
  • faoliyat yuritayotgan fuqarolar yig‘ini reyting ko‘rsatkichi bo‘yicha “namunali” deb topilgani.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing