Mahalla raislarining vakolat muddati uzaytirildi
Jamiyat
−
12 fevral
7957O‘zbekistonda fuqarolar yig‘ini raislarining vakolat muddati 5 yilga uzaytirildi. Bu kecha, 11 fevral kuni qabul qilingan tegishli qonunda belgilandi.
Qonunga ko‘ra, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi qonunlariga fuqarolar yig‘ini raisi vakolatlari muddati 3 yildan 5 yilga uzaytirilishini, bo‘shab qolgan o‘rinlarga fuqarolar yig‘inlari raislarining 5 yil muddatga saylanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalarining vakolatlari aniqlashtirildi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ma’lumot uchun, qonun amalga kiritilguniga qadar saylangan fuqarolar yig‘inlari raislari o‘z vakolatlarini ular saylangan 3 yillik muddat tugaguniga qadar amalga oshiradi.
LiveBarchasi