“Mahalla nazorati“ va ”Mahalla raisi so‘rovi" institutlari joriy etiladi
Jamiyat
−
24 Sentabr 2023
4386O‘zbekistonda “Mahalla nazorati" va "Mahalla raisi so‘rovi" institutlari joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Qayd etilishicha, har bir fuqarolar yig‘ini huzurida mahalla raisi rahbarligida mahalla nazorati guruhi tashkil etiladi.
Mahalla nazorati guruhi tomonidan aholi e’tirozlariga eng ko‘p sabab bo‘layotgan muammolarni aniqlash maqsadida muntazam ravishda muhokamalar o‘tkaziladi.
Mahalla fuqarolar yig‘ini kengashida tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari hamda mas’ul xodimlarining amalga oshirilgan ishlar buyicha axborotlarini muntazam ravishda eshitib boriladi.
LiveBarchasi