Mahalla 500 ming so‘mni yeb yubormasligiga ishonsa bo‘ladimi?

Intervyu

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 26 avgust kuni “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Mazkur qaror ijrosi yuzasidan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Gulnora Ma’rupova bilan suhbatlashdik.

Oxirgi vaqtlarda yordam pullari o‘z egalariga yetib bormayotgani, biz ishonayotgan mahalla vakillari “Temir daftar” shakllantirish borasida tovlamachilikka yo‘l qo‘yayotgani haqida xabarlar tez-tez uchrab turibdi. Shuni aytib o‘tish kerakki biz juda ko‘p ishlarni mahalla bilan hal qilamiz. Kam ta’minlangan oilalar uchun ajratilgan moddiy yordamlar va oziq ovqat mahsulotlari ayrim mahalla raislari orasida talon-toroj bo‘layotgani hech kimga sir emas. Vaqti kelsa muhtoj oilalar uchun deb berilgan guruchning yarimi mahalla raisining uyiga kirib ketgan holatlari ham kuzatilgan. Qiynalgan oilaga berilishi kerak bo‘lgan besh kilogramm guruchning 3 kilogrami raisning uyiga kirayotgan vaqtda ularga ishonish mumkinmi? Suhbat davomida biz Gulnora Ma’rupovadan shu savolga javob oldik.

“Hamma berilayotgan mahsulot va pullarni o‘zini uyiga qarindosh urug‘iga olib kirib ketmaydiku. Aytish kerak ayrim noto‘g‘ri xati-harakat tufayli hamma shunday deyishimiz noto‘g‘ri. Yangi tizim bo‘lganligi uchun biz har-bir mahallada, mahallabay ish tashkil qildik. Eskicha ishlayotgan raislarimizga albatta tavsiya beramiz. Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlariga tavsiya beramiz. Kerak bo‘lsa ularga ko‘maklashamiz, vazirlik shuning uchun ham tashkil etilgan. Ular fuqaroni o‘zini-o‘zi boshqarish organi, biz vazirlikmiz. Vazirlik o‘zini ko‘magini, tavsiyasi, yordami bilan mahallalarga kiryapti. Mahallalarga tegishli qonunchilikda o‘zgartirish, qonunchilikka yangilik kiritish, tavsiyalar berish, ayniqsa sektorlar orqali xalq deputatlari kengashlariga ham o‘z tavsiyalarimizni berib kelyapmiz. Noto‘g‘ri ishlayotgan mahalla raislariga qaytadan saylov bo‘lishi uchun, biz xalq deputatlari orqali kengashga kiritishimiz kerak. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishdan ololmaymiz. Lekin albatta o‘rganib, tavsiyalar berib kengashga qo‘yishimiz kerak. Unga xalq ishondi hudud ishondi, lekin u noto‘g‘ri harakat qilyapti”, deydi Gulnora Ma’rupova.

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, hozir biz hududlarda mahalla raislarini ham o‘quvlarini tashkil etilyapti. Bu boradagi kamchiliklarni bartarf qilish ustida ishlanyapti.

Ushbu videointervyuni yuqoridagi videopleyerda yoki YouTube’dagi sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Temir daftar Mahalla

Baholaganlar

91

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made