Myanmada siklon oqibatida 145 nafardan oshiq kishi halok bo‘ldi
Olam
−
21 may 2023
7734Myanmada 16 maydan beri davom etayotgan “Mokko” tropik sikloni oqibatida 145 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ushbu siklon oqibatida eng katta zarar hozirda qochqinlar istiqomat qilayotgan g‘arbiy Rakxayn shtatiga yetgan.
Ma’lum qilinishicha, 210 km/soatgacha bo‘lgan shamol uylar, ko‘priklar va aloqa vositalarini vayron qilgan. Shuningdek, poytaxt Sittveni suv bosgan.
Nashrning qayd etishicha, tabiiy ofat oqibatida 145 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.
Biroq mamlakat inson huquqlari tashkilotlari oziq-ovqat va zarur dori-darmonlar yo‘qligi sababli qurbonlar soni 400 kishiga yetishi mumkinligini da’vo qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Mokko” sikloni yaqinlashib kelayotgani sababli Bangladesh qirg‘oqlaridan 500 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingandi.
LiveBarchasi