Myanmadagi portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Myanmaning shimoli-sharqida joylashgan Kaungtup qishlog‘ida yuz bergan kuchli portlash oqibatida kamida 46 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida olti nafar bola ham bor. Bu haqda “The Washington Post” xabar berdi.

Qutqaruvchilar ma’lumotiga ko‘ra, yana 74 kishi turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Hodisa 31 may kuni Namxkam tumani hududida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash yuz bergan binoda konchilik ishlari uchun mo‘ljallangan portlovchi moddalar saqlangan bo‘lishi mumkin.

Portlash shu qadar kuchli bo‘lganki, uning oqibatida yaqin atrofdagi 100 dan ortiq uy zarar ko‘rgan.

Voqea sodir bo‘lgan hudud Xitoy bilan chegaradan taxminan uch kilometr janubda joylashgan.

Hukumat halok bo‘lgan va jabrlanganlar oilalariga zarur yordam ko‘rsatishga, shuningdek, uylari shikastlangan aholini boshqa joyga ko‘chirishda ko‘mak berishga va’da bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Dallas shahrida gaz sizib chiqishi ortidan kuchli portlash yuz bergandi va turarjoy binosini vayron qilgandi. Hodisa oqibatida kamida uch kishi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash M'yanma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing