Menni Pakyao bokschilik faoliyatini yakunladi

Sport

image

Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni filippinlik Menni Pakyao faoliyatini yakunladi. Sportchi bu haqda qo‘shiqchi Toni Gonzaganing Youtube kanalida e’lon qilingan Toni Talks dasturida ma’lum qildi.

“Mening boksdagi kareram tugadi, chunki boks bilan uzoq vaqtdan beri shug‘ullanaman va oilam endi to‘xtatishim kerakligini aytmoqda, shu sababdan shunday qaror qabul qildim. Men Filippin prezidentligiga nomzod bo‘lish chaqirig‘ini jasorat bilan qabul qilaman. Bizga rivojlanish, kambag‘allikni yengish kerak. Bizga hukumat halol va oshkora ishlashi kerak. Vaqt keldi, men yetakchilik yukini o‘zimga olishga tayyorman”, deydi Pakyao.

Ayni vaqtda Pakyao Filippin Senati a’zosi hisoblanadi va uning vakolat muddati 2022 yilda tugaydi. 2016 yildan beri Filippin Prezidenti Rodrigo Duterte hisoblanadi.

Avvalroq, Menni Pakyao Filippin Prezidenti lavozimi uchun nomzodini qo‘ygani haqida xabar bergan edik. Amaldagi Prezident Rodrigo Duterte 2022 yilgi saylovlarda mamlakat vitse-prezidentligi uchun nomzod sifatida rasman ko‘rsatilgan.

Ma’lumot o‘rnida, filippinlik bokschi 2016 yilda o‘zining professional faoliyatiga yakun yasagan. Bu davrda u 72 ta jang o‘tkazgan va 62 tasida g‘alaba qozongan, 8 marta mag‘lub bo‘lgan. U vaznidan qat’i nazar barcha davr va xalqlarning eng kuchli bokschilari reytingida 5-o‘rinni egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

Menni Pak'yao

Baholaganlar

64

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing