Pakyao Olimpiadada ishtirok etmaydi
Sport
−
19 fevral
2624Boks bo‘yicha sakkiz yo‘nalishda sobiq jahon chempioni Menni Pakyao 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda Filippin Olimpiya qo‘mitasi rahbari ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) taniqli sportchining yoshi tufayli o‘yinlarda ishtirok etish istagini rad etgan.
Hozirda Pakyao 45 yoshda. Bundan tashqari, Menni Olimpiadaning saralash musobaqalarida qatnashmadi.
“Sevimli bokschimiz yoshi tufayli diskvalifikatsiya qilingani juda achinarli. Har bir sportchi, qaysi sport turidan qat’i nazar, Parij Olimpiadasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun saralash musobaqalaridan o‘tishi kerak”, deydi Filippin Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Abraham Tolentino.
Ma’lumot uchun, Parij Olimpiya o‘yinlari shu yil 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadi.