Meyvezer va Pakyao o‘rtasida revansh jangi o‘tkaziladi

Sport

image
Floyd Meyvezer va Menni Pakyao uzoq kutilgan revansh jangi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Jang jang joriy yilning 26 sentyabr kuni Las Vegasdagi MGM Grand arenasida bo‘lib o‘tadi. Aynan shu majmuada bokschilar o‘rtasidagi ilk jang 2015 yilda tashkil etilgan edi. Bu haqda “The Ring” nashri xabar berdi.
 
Dastlab bahs 19 sentyabr kuni “Sfera” majmuasida o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. Biroq keyinchalik tashkilotchilar ushbu arena bir qator kamchiliklarga ega degan xulosaga kelgan. Asosiy muammolardan biri – qimmat VIP chiptalarni sotish imkoniyati cheklangan.
 
Ma’lumot uchun, 49 yoshli Floyd Meyvezer avvalroq jang ko‘rgazmali formatda bo‘lishini aytgan edi. Biroq 47 yoshli Menni Pakyao revansh faqat to‘liq professional jang maqomida o‘tkazilsa, ringga chiqishga rozi bo‘lishini bildirgan.
 
Eslatib o‘tamiz, bokschilar o‘rtasidagi ilk jangda Floyd Meyvezer hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan g‘alaba qozongan edi.

Maqola muallifi

Teglar

Floyd Meyvezer Menni Pak'yao Las Vegas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing