Floyd Meyvezer mafiya boshlig‘ining nabirasiga qarshi revansh jangini o‘tkazdi (video)
Sport
−
25 avgust
19613Amerikalik professional bokschi, besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni, 47 yoshli Floyd Meyvezer Meksikada Nyu-York mafiyasining boshlig‘i bo‘lgan marhum Jon Gottining nabirasi, 31 yoshli Jon Gotti III ga qarshi revansh jangida ishtirok etdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
8 raundlik jangda (har biri 2 daqiqadan davom etdi) Meyvezer yaxshiroq harakat qilgan bo‘lsada, jang natijasi e’lon qilinmadi. Biroq ayrim ommaviy axborot vositalari Meyvezer g‘alaba qilganini yozmoqda. “Syudad de Mexico” arenasida o‘tkazilgan jangda kam kuzatiladigan hodisa ro‘y berdi. Ya’ni ikkinchi raundda hakam Floydni boshning orqa qismiga zarba bergani uchun ogohlantirdi va shundan so‘ng darhol hakam boshqa bir hakamga almashtirildi.
Bokschilar o‘rtasidagi 2023 yildagi ilk jang ommaviy mushtlashuv bilan yakunlangan. Aniqrog‘i Meyvezer va Gotti o‘rtasidagi birinchi jang 2023 yilning iyun oyida bo‘lib o‘tgan va jangning oltinchi raundida raqiblar hakamga bo‘ysunmagan. Hakam esa jangni to‘xtatgan. Keyin Gotti Meyvezerga tashlangan. Buning ortidan har ikkala bokschining sekundantlari hamda jamoa a’zolari ringga yugurib chiqib, mushtlashgan. Tartibsizlik politsiya aralashuvidan keyingina to‘xtatilgan. Hakam esa jangni o‘tkazilmagan deb topgandi.
Meyvezer 2017 yilda irlandiyalik UFC jangchisi Konor Makgregor bilan jangdan so‘ng professional faoliyatini yakunlagan. Amerikalik charm qo‘lqop ustasi shu vaqtgacha 50 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq afsonaviy og‘ir vazn toifasidagi chempion Mayk Tayson shov-shuvli ijtimoiy tarmoq yulduzi Jeyk Polni nokaut qilishini aytgandi.
LiveBarchasi