45 yoshli Pakyao ringga qaytmoqda
Sport
−
10 iyun
283128 iyul kuni 45 yoshli filippinlik afsonaviy bokschi Menni Pakyao 25 yoshli yaponiyalik MMA jangchisi Chixiro Suzukiga qarshi ko‘rgazmali jangda qatnashadi. Bu haqda “Rizin Fighting” federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Jang 68 kg vaznda bo‘lib o‘tadi. Jang 3 daqiqadan 3 raundga mo‘ljallangan.
Qayd etish joiz, Pakyao amerikalik Mario Barriosga qarshi o‘rta vazn toifasida WBC yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionlik kamari uchun ham jang o‘tkazishi kerak. Suzuki bilan jang Mennini Barriosga qarshi jangga qanchalik tayyor ekanligini ko‘rsatadi.
Pakyao o‘zining so‘nggi jangini 2021 yilda kubalik Yordenis Ugasga qarshi o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragandi.
LiveBarchasi