“Lo‘lilar qiroli” “bronza bombardimonchi”ga qarshi: WVC kamari kimga nasib qiladi?
Sport
−
09 Oktabr 2021
7845Ertaga, 10 oktyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi “MGM Grand” arenasida professional boksning WVC yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioni unvoni uchun jang bo‘lib o‘tadi. Unda britaniyalik Tayson Fyuri va Deontey Uaylder o‘zaro to‘qnash keladi.
Dastlab, Fyuri va Uaylder o‘rtasidagi bahs joriy yilning 24 iyuliga belgilangan edi, ammo britaniyalik charm qo‘lqop ustasining koronavirusga chalingani tufayli qoldirilgan edi.
Bugun, 9 oktyabr kuni vazn o‘lchash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Britaniyalik “Lo‘lilar qiroli” 125,65 kg, “bronza bombardimonchi” esa 107,95 kg tosh bosdi.
Eslatib o‘tamiz, Fyurining ushbu jangdagi kafolatlangan gonorari 30 million dollarni tashkil qiladi. Uning amerikalik raqibi esa 20 million dollar gonorarga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, britaniyalik “lo‘lilar qiroli” translyatsiyalardan tushadigan foydaning 60 foiziga ham ega bo‘lishi ma’lum qilindi.
Ma’lumot uchun, bu bokschilar o‘rtasidagi 3-to‘qnashuv hisoblanadi. Bunga qadar ilk jangda kuchlar teng kelgan bo‘lsa, ikkinchi qarama-qarshilikda Fyuri Uaylderni nokautga uchratgan edi.
LiveBarchasi