Fyuri – Uaylder jangida bokschilar qancha ishlab olishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Professional boksning super og‘ir vazn toifasida WBC chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladigan Tayson Fyuri va Deontey Uaylderning jangda qancha gonorarga ega bo‘lishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Essential sport” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Fyurining ushbu jangdagi kafolatlangan gonorari 30 million dollarni tashkil qiladi. Uning amerikalik raqibi esa 20 million dollar gonorarga ega bo‘ladi. 

Bundan tashqari, britaniyalik “lo‘lilar qiroli” translyatsiyalardan tushadigan foydaning 60 foiziga ham ega bo‘lishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Uaylder va Fyuri o‘rtasidagi uchinchi jang joriy yilning 9 oktyabr kuni o‘tkaziladi. Bokschilar o‘rtasidagi ilk jangda kuchlar teng kelgan bo‘lsa, ikkinchi qarama-qarshilikda Fyuri Uaylderni nokautga uchratgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

WBC Prof Boks F'yuri Uaylder Gonorar

Baholaganlar

61

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing