Lukashenkoga suiqasd tayyorlaganlar aybiga iqror bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Belarusda davlat to‘ntarishi o‘tkazish va Prezident Aleksandr Lukashenkoga suiqasd tayyorlashda gumonlanganlar o‘z aybini tan oldi. Ularning aybi iqror bo‘lgani aks etgan kadrlar ONT telekanalida namoyish qilindi.

“Men fitnada ishtirok etganim uchun aybimni tan olaman”, degan jinoiy ish figurantlaridan biri Aleksandr Feduta.

“O‘z aybimni tan olaman”, degan BNF muxolif partiyasi rahbari Grigoriy Kostusev va advokat Yuriy Zenkovich.

Eslatib o‘tamiz, 17 aprel kuni Aleksandr Lukashenko muxolifatchi Grigoriy Kostusev, siyosatchi Aleksandr Feduta va yurist Yuriy Zenkovich o‘zi va o‘g‘illariga suiqasd tayyorlaganini aytib chiqdi. U fitna uchun javobgarlikni AQSH maxsus xizmatlari va rahbariyatiga yukladi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin mamlakat parlamentiga yo‘llagan an’anaviy murojaatida Lukashenkoning hayotiga uyushtirilgan suiqasdni “g‘azablantiradigan holat”, deb atagandi. Shuningdek, u ushbu voqeaga dunyoda hech kim reaksiya ko‘rsatmaganiga e’tibor qaratgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

297

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing