Lukashenko karatinning foydasidan zarari ko‘pligini aytdi
Olam
−
24 aprel 2020
8245Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko G‘arbiy Yevropaning koronavirusga qarshi kurash amaliyotini tanqid qildi. Prezidentning aytishicha, karantin koronavirusdan ham xavfliroq.
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, karantin immunitetni zaiflashtiradi va aqliy salomatlikka putur yetkazadi. Shundan keyin odamlar koronavirus bilan kurashishda yanada zaiflashib qoladi.
“Ikkinchi to‘lqin karantinda o‘tirib chiqqan zaif odamlar sabab ro‘y beradi. Virus o‘z qurbonlarini shu tarzda kutib oladi. Karantin zaif odamlarni keltirib chiqarsa unda nima keragi bor”, deydi Lukashenko.
Avvalroq, Lukashenko mamlakatda niqob taqib yurgan odamlarni tanqid qilgandi. Shuningdek, karantin joriy qilish borasidagi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maslahatiga ko‘nmagandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Belarusda koronavirus bilan bog‘liq 8 022 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 938 nafari sog‘aygan, 60 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 7 024 kishini tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi