Lukashenko yadro qurolidan xavotirga tushganlarni Rossiya va Belarus ittifoqiga qo‘shilishga chaqirdi

Olam

image

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko yadroviy quroldan xavotirga tushgan davlatlarni Rossiya-Belarus ittifoqiga qo‘shiliga chaqirdi. Bu haqda u “Moskva. Kreml. Putin” dasturiga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Agar kimdir xavotirga tushsa, Qosim-Jomart To‘qayev bundan xavotirda deb o‘ylamayman, lekin mabodo shunday bo‘lsa, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlar Rossiya Federatsiyasi bilan biz kabi yaqin munosabatlarga ega bo‘lishiga hech kim qarshi emas. Bu juda oddiy. Belarus va Rossiya ittifoqiga kirish kerak, tamom: hamma uchun yadro quroli bo‘ladi”, degan Lukashenko.

Ta’kidlash joizki, 24 may kuni II Yevroosiyo iqtisodiy forumining yalpi majlisida qatnashgan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Rossiya va Belarus ittifoq davlati mavjudligiga e’tibor qaratgan. U YeOIIda ikki xil itegratsiya borligini, birinchisi Rossiya va Belarus ittifoq davlati bo‘lsa, ikkinchisi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston vakillik qiladigan integratsiyaning yana bir darajasi mavjudligini aytgan.

“Ikki davlat – bir davlat” formulasi bo‘yicha yagona siyosiy, huquqiy shaklga ega bo‘lgan, yagona ittifoq hukumati va yagona ittifoq parlamenti bilan ittifoq davlati vujudga kelmoqda. Va hatto yadroviy qurol ham hozir ikkiga bitta”, degan To‘qayev Rossiya-Belarus ittifoq davlati haqida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin belaruslik mavqedoshi Aleksandr Lukashenkoning iltimosiga ko‘ra, Rossiyaning taktik yadro qurollari Belarusga joylashtirilishini ma’lum qilgandi. Rossiya davlati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 1 iyulda Belarus hududida taktik yadroviy qurollarni saqlash ombori qurilishini yakunlash rejalashtirilgan. Moskva Minskka yadroviy qurol tashuvchisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan “Iskander” raketa tizimini allaqachon topshirgan va Belarus samolyotlarini maxsus o‘q-dorilardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun qayta jihozlashda yordam bergan. Belarus harbiy xizmatchilari Rossiya Federatsiyasida tegishli tayyorgarlikdan o‘tgan. 25 may kuni esa Rossiya va Belarus Mudofaa vazirlari Sergey Shoygu va Viktor Xrenin Minskda Rossiya yadro qurolini Belarus hududidagi maxsus omborda saqlash tartibini belgilovchi hujjatlarni imzoladi. Shundan so‘ng Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat departamenti mazkur kelishuvni keskin qoralab, bu Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishidan keyingi mas’uliyatsiz xatti-harakatlarining yana biri ekanini ta’kidladi


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya yadroviy qurol Belarus' Lukashenko To'qaev Rossiya-Belarus' ittifoqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing