Lukashenko o‘zbekistonliklarga maslahat berdi
Jamiyat
−
05 Sentabr 2023
46085O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkoni mamlakatga taklif qildi. Bu haqda bugun, 5 sentyabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Lukashenkoning qabulida bo‘lganida ma’lum qilindi.
Lukashenko Norboyevaning Minskka tashrifi Belarus va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlanadigan yilda amalga oshirilayotganini ta’kidlagan.
“Ko‘p ishlar qilindi, biroq xalqaro munosabatlarda burilish pallasiga kirgan mana shu og‘ir davrda aloqalarni yanada yaxshilash uchun imkoniyatlar bor”, degan Lukashenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus munosabatlarni rivojlantirishga va har qanday texnologiyani baham ko‘rishga tayyor. Lukashenko ikki davlatning samarali hamkorligi hamda xalqaro platformalar va mintaqaviy birlashmalarda bir-birini qo‘llab-quvvatlab kelayotganini alohida ta’kidlab, Belarusning SHHTga a’zoligiga jadal kirishi masalasida ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirgan.
“Biz sizni doim qo‘llab-quvvatlaymiz, chunki sizning tinchliksevarlik, qo‘shnilar va boshqa davlatlar bilan do‘stona munosabatlar yo‘lidagi yo‘nalishingiz bizga ham xosdir ”, degan Aleksandr Lukashenko.
Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga shaxsiy munosabati haqida gapirar ekan, u uzoq vaqtdan beri mamlakat taraqqiyotini diqqat bilan kuzatib borishini aytib o‘tgan.
"Juda yaxshi Prezidentingiz bor. Uning yuziga aytaman: sizga bunchalik ishonadigan odamlarni tushkunlikka solmasligingiz kerak. U O‘zbekiston va o‘zbeklar hayotini yaxshilamoqchi. O‘zbekistonning kelajagi – buyuk. Sizga maslahatim: Prezidentingizni iloji boricha uzoqroq saqlashga harakat qiling. Unga ishni bajarishi uchun vaqt kerak”, degan Lukashenko.
Tanzila Norboyeva O‘zbekiston Prezidentining salomi va mamlakatga tashrif taklifini yetkazgan. Lukashenko esa O‘zbekistonga bir necha bor tashrif buyurganini, yaqinda Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda respublikaning janubida bo‘lganini aytgan. Shuningdek, u qishda O‘zbekistoning tog‘li hududlariga borishini xohlashini bildirgan. Shundan anglash mumkinki, Lukashenko joriy yil oxiri yoki kelasi yil boshida O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.
LiveBarchasi