Lukashenko tergov izolyatorida muxolifatchilar bilan uchrashdi

Olam

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning muxolifaning Muvofiqlashtirish kengashining tergov izolyatorida saqlanayotgan a’zolari bilan uchrashgan aks etgan video tarqaldi.

Prezident muxolifat vakillari bilan muloqot vaqtida mamlakat Konstitutsiyasiga qonuniy yo‘l bilan o‘zgartirish kiritish kerakligini ta’kidlagan.

“Meni tushunishimcha, bu yerdagilarning yarmi huquqshunos, Konstitutsiya ko‘chada yozilmasligini juda yaxshi tushunadi”, degan Lukashenko.

Ma’lumot o‘rnida, Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkazilgan 9 avgust beri namoyishlar bo‘lib o‘tyapti. Namoyishchilar saylov natijasidan norozi bo‘lib, namoyishlar uyushtiryapti. Ular saylovni qayta o‘tkazishni talab qilyapti. Belarus Prezidenti esa qayta saylov o‘tkazish uchun Konstitutsiya o‘zgartirish kiritish kerakligini aytyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

342

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing