Lukashenko Si Szinpinga haykal o‘rnatishni taklif qildi
Olam
−
08 iyun 5859 2 daqiqa
Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Xitoy Raisi Si Szinpinga Belarusning Minsk shahrida haykal o‘rnatishni taklif qildi. Bu haqda BelTA axborot agentligi xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Xitoy rahbari Belarus xalqi uchun sovg‘a sifatida futbol stadioni va suzish havzasi qurgan. Stadionning kirish qismiga Belarus va Xitoy futbolchilarini aks ettirgan haykal o‘rnatilgan.
Lukashenko ham stadionning ochilish marosimida ishtirok etgan.
“Men kirishda shunday degan edim: bu yerga mening do‘stim Si Szinpinga haykal qo‘yish kerak. Chunki aynan uning yordami bilan, xitoyliklar o‘z hisobidan bu stadionni qurib berdi”, degan Lukashenko.
Ta’kidlanishicha, stadion barcha xalqaro standartlarga javob beradi va unda yuqori saviyadagi o‘yinlarni o‘tkazish mumkin.
Qolaversa, joriy yilning 4 iyun kuni Xitoyning Pekin shahrida Aleksandr Lukashenko va Si Szinpin uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. Bu uchrashuv Lukashenkoning 2 iyundan 4 iyungacha Xitoyga tashrifi doirasida amalga oshirildi. Belarus Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Nikolay Snopkov jurnalistlarga bergan intervyusida bu tashrif ishchi tashrif emasligi, balki “oila va do‘stlar o‘rtasidagi tushlik” uchun amalga oshirilganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq belaruslik Aleksandr Lukashenko respublikada hokimiyatga “yangi avlod” kelayotgani va u hokimiyatda “biroz ushlanib qolganini” aytgandi. O‘shanda davlat rahbari ushbu ushlanib qolishni tajribali siyosatchilarni tayyorlash muhimligi bilan izohlagandi.
Live
Barchasi