Lukashenko Putin akasidan qarzlarni uzish masalasida yordam olmoqchi

Olam

image
Bizda ma’lum keskinlik bor – Lukashenko Putin bilan munosabatlaridagi muammolarni aytdi north_east

Bizda ma’lum keskinlik bor – Lukashenko Putin bilan munosabatlaridagi muammolarni aytdi

Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Moskvada uchrashishlari haqida xabar qilgandik. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ikki Prezident muzokaralar vaqtida Belarusning Rossiya oldidagi davlat qarzini ham muhokama qiladi. Bu haqda TASS Rossiya Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib xabar berdi. 

“Yaqinda Moskvada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va uning Belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenko savdo-iqtisodiy masalalar, shu jumladan Belarusning Rossiya Federatsiyasi oldilagi davlat qarzi mavzularini muhokama qilishadi”, degan Peskov.

Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, Belarusning RF oldidagi qarzi qayta moliyalashtirilishi mumkin.

“Belarus og‘ir kunlarni boshdan kechirayotgan paytda, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar yanada dolzarb va muhim ahamiyat kasb etmoqda”, dedi Peskov. 

Eslatib o‘tamiz, 3 sentyabr kuni Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin Minskga tashrif buyurib, u yerda Lukashenko bilan uchrashgan.

Ma’lumot uchun, Belarusdagi vaziyat barqaror emas. Mamlakat poytaxti 9 avgust kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovidan keyin namoyishlar markaziga aylandi. Muxolifat saylov natijalaridan norozilik bildirib ko‘chaga chiqdi. Oradan bir oy o‘tgan bo‘lsa-da, Belarus xalqi tinchigani yo‘q. 

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Putin Lukashenko

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing