Lukashenko niyatiga yetdi. Belarus Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritildi

Olam

image

Belarusda Aleksandr Lukashenko Mustaqillik saroyidagi tantanali marosimda “respublika referendumi qarori”ni imzoladi. Yangi Konstitutsiya joriy yilning 15 martidan kuchga kiradi.  

MSK ma’lumotlariga ko‘ra, referendumda qatnashgan saylovchilarning 65,16 foizi (4 million 440 ming 830 kishi) Belarus Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritishni qo‘llab-quvvatlagan. 

Saylovchilarning 10,07 foizi (686 165 kishi) qarshi ovoz bergan. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilarning 78,63 foizi qatnashgan. 

Yangi Konstitutsiya loyihasi rasmiylar tomonidan o‘tgan yilning dekabr oyi oxirida e’lon qilingan. Asosiy o‘zgarishlar betaraflikni rad etish va Prezidentni ushbu lavozimda sodir etilgan har qanday harakatlar uchun javobgarlikdan ozod qilish edi. 

Ovoz berish kuni saylov uchastkalarida navbatlar va “Urush yo‘q!” deb hayqirayotgan odamlar aks etgan videolavhalar tarqalgan. “Qo‘lga olinganlar ro‘yxati” Telegram kanalida mitinglarda qo‘lga olingan 525 kishining ism-shariflari e’lon qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, yangi hujjatda 83 ta modda o‘zgartirilgan va to‘ldirilgan. Unda “Xalq hokimiyatining oliy vakillik organi" sifatida Butun Belarus Xalq Assambleyasi (BBXA)ga bag‘ishlangan 11 ta yangi modda va bitta yangi bob, uning maqomi va vakolatlari paydo bo‘ldi.

Bu Aleksandr Lukashenko tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan to‘rtinchi referendumdir. Oldingi barcha – 1995, 1996 va 2004 yillardagi referendumlar prezident vakolatlarining kengayishi va mustahkamlanishiga olib keldi, ovoz berish va natijalar Belarus jamoatchiligi va xalqaro kuzatuvchilar tomonidan tan olinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' Lukashenko

Baholaganlar

328

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing