Lukashenko mamlakatdan qochib ketish haqidagi tarqalgan gaplarga munosabat bildirdi
Olam
−
30 Oktabr 2020
10137Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko muxolifat bosimi va 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari natijalariga qarshi namoyishlar atrofidagi voqealar tufayli mamlakatdan qochib ketmoqchi emas. Bu haqda u bugun, 30 oktyabr kuni Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan uchrashuvda gapirib o‘tdi.
"Kim meni qochib ketishim haqida gapirayotgan bo‘lsa, yaxshilab eshitib qo‘ysin: qachondir, nimadir bo‘lgandir, ammo hozir emas. Ammo yonimda shunday generallar turibdiki, ular bunday vaziyatda sochimning bir tolasi ham titrmaganini ko‘rishgan. 90-yillarda ko‘chalarimizda avtomobillarni yoqishdi, to‘s-to‘polon bo‘ldi. Biz bularning barchasidan omon qoldik va keyin ham shunday bo‘lajak”, dedi davlat rahbari. Uning bu so‘zlarini “BelTA” agetligi keltirib o‘tdi.
Avvalroq, Minskda boshlangan namoyishlar fonida Belarus Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimida 2019 yilning iyun oyidan beri ishlab kelayotgan Yuriy Karayev iste’foga chiqarilgani va uning o‘rniga ilgari Minsk Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan Ivan Kubrakovni tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 oktyabr kuni Svetlana Tixanovskaya boshchiligidagi muxolifatchilar tomonidan mamlakatning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenkoga qo‘yilgan “xalq ultimatumi” muddati tugadi. “Ultimatum” shartlari bajarilmagani bois odamlar yana ko‘chalarga chiqdi. Minskda o‘tgan namoyishlarda 100 mingdan ortiq odam ishtirok etgan.
LiveBarchasi