Lukashenko koronavirus Belarusda qachongacha “mehmon” bo‘lishini aytdi

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq qiyin vaziyat yana bir oy saqlanib qolishini taxmin qildi. Bu haqda BelTA xabar bermoqda.

"Hech qanday holatda tinchlanmang. Biz shifokorlarimizga diqqatimizni qaratishimiz kerak. Ular o‘z ishlarini puxta bajarmoqda va Sog‘liqni saqlash vazirligi bu ishni yaxshi tashkil etgan. Va eng muhimi, siz har kungi tajribani o‘rganmoqdasiz. Men bunga dosh berishingizni istardim”, dedi Lukashenko.

Lukashenkoning ta’kidlashicha, mavjud ma’lumotlar vaziyat asta-sekin yaxshilanayotganidan dalolat beradi. "Men ma’lumotlarni ko‘rib turibman, men uni boshqaraman. Lekin hech qanday holatda bo‘shashmasligim kerak. Biz oxirigacha borishimiz va uni hammaga, ayniqsa, mamlakatimizda isbotlashimiz lozim", dedi u.

"Biz odamlar hayoti uchun kurashishimiz, qo‘limizdan kelganicha harakat qilishimiz va odamlarni qutqarishimiz zarur", deya qo‘shimcha qildi Prezident.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra Belarusdan koronavirusdan zararlanganlar soni 33 371 nafarga yetdi. Kasallikdan 12 057 bemor sog‘aygan bo‘lsa, 185 kishi olamdan o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Belarusda

Baholaganlar

189

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing