Belarus quruqlikdagi chegaralarini yopishga qaror qildi
Olam
−
10 dekabr 2020
3771Belarus hukumati SARS-CoV-2 koronavirusi tufayli mamlakatning quruqlikdagi chegaralarini yopishga qaror qildi. Tegishli farmon mamlakat milliy huquqiy Internet portalida e’lon qilindi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, fuqarolarning mamlakat hududidan chiqish punktlari orqali o‘tishi 10 kundan keyin to‘xtatiladi.
"Belarus fuqarolari, shuningdek, mamlakatda doimiy yoki vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma olgan chet elliklar tomonidan Belarusdan chiqish vaqtincha to‘xtatib turiladi", deyiladi hujjat matnida.
Tegishli cheklovlar temir yo‘l stansiyalarida, avtomobil yo‘llarida va soddalashtirilgan nazorat punktlarida qo‘llaniladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Belarusda 152 453 kishi koronavirus yuqtirib oldi. Shulardan 129 950 shifo topgan bo‘lsa, 1 230 nafar bemor infeksiyadan vafot etdi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr