Lukashenko koronavirusga chalingan
Olam
−
28 iyul 2020
11113Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko koronavirusga chalinib, davolanganini ma’lum qildi. U kasallikni boshidan o‘tkazgani haqida Ichki ishlar vazirligining Minskdagi harbiy qismiga tashrifi chog‘ida aytib o‘tdi.
Lukashenko xastalik unda alomatlarsiz kechganini aytgan va kasallikni shifoxonaga yotmasdan ish jarayonida o‘tkazib yuborgan.
“Ovozim uchun uzr so‘rayman. So‘nggi paytlarda juda ko‘p gapirishga to‘g‘ri kelyapti. Ammo eng hayratlanarlisi shundaki, bugun siz koronavirusni oyoqlarda o‘tkazib, omon qolgan inson bilan uchrashib turibsiz”, dedi Belarus Prezidenti.
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, u koronavirusni o‘tkazganini shifokorlar kecha aytishgan. U o‘zining 97 foiz kasallik sezilmay o‘tishi haqidagi gapini eslagan.
“Xudoga shukr, men alomatsizlar doirasiga kirishga muvaffaq bo‘ldim. Va nihoyat, men bu kasallikni boshdan o‘tkazib, Belarusning oltin fondiga qo‘shildim”, degan Lukashenko.
Ma’lumot uchun, Belarusda hech qanday karantin cheklovlari o‘rnatilmagan. Mamlakatdu bugungacha 67 366 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 543 nafari vafot etgan va 60 669 nafari sog‘aygan.
LiveBarchasi