Lukashenko koronavirus ustidan g‘alaba qozonilganini e’lon qildi

Olam

image

Bugun, 2 iyul kuni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat koronavirus ustidan g‘olib kelganligini e’lon qildi. Bu haqda BelTA axborot agentligi xabar bermoqda.

28 fevral kuni Belarusla koronavirusning birinchi holati aniqlandi. Infeksiya Belarus milliy texnik universitetining (BMTU) eronlik talabasida uchradi. Unda kasallik aniqlanishidan bir haftda oldin u Bokudan mamlakatga uchib kelgan edi.

Bemor Minsk yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqiziladi. U bilan aloqada bo‘lgan odamlar tekshirildi, ammo ularda kasallik alomatlari topilmadi.

Ushbu og‘ir vaziyat bilan bog‘liq holda Belarus Prezidenti mamlakat chegaralarini yopish zarur, deb hisoblamadi. Ammo bemorlarni aniqlash uchun ba’zi choralar joriy etildi.

“Bizning sog‘liqni saqlash tizimi oyoqqa turdi. Ammo biz kurash darajasini pasaytirmayapmiz, shu sabab bugun biz g‘alaba qozondik, deb ayta olamiz”, dedi Lukashenko.

Belarus rahbari mamlakat "siyosiy aql-idrok" va "xalq donoligi"ni namoyish etganini ta’kidladi. U shifokorlarning xizmatlarini e’tirof etib, ular bilan uchrashuvni tashkil qilishga va’da berdi.

Belarus Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 62 424 ta koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Mamlakatda kurashning butun davri davomida 398 kishi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Belarusda

Baholaganlar

688

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing