Lukashenko xokkey musobaqasida g‘olib bo‘ldi (foto)
Olam
−
10 mart
7131Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenkoning xokkey jamoasi Respublika xokkey ligasida oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda "Pul Pervogo" ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, kecha, 9 mart kuni Minskdagi “Olimpiya arenasi” muz saroyida Lukashenko va uning jamoasi saralash bosqichining final uchrashuvida Vitebsk viloyati xokkeychilarini 13:3 hisobida mag‘lub etgan.
“Biz pley-off bosqichiga tayyorgarlik ko‘ryapmiz, shuning uchun bu o‘yin mohiyatan finaldan oldingi mashqdir. U yerda bizni muhim uchrashuvlar kutmoqda, shuning uchun raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar, biz doimo bor kuchimiz bilan o‘ynashga tayyorlanamiz”, degan Lukashenko jamoasi a’zosi Aleksey Titoves.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Lukashenko jamoasi biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan. O‘tgan mavsum finalida jamoa viloyat ma’muriyati jamoasini (6:1 va 6:4) mag‘lub etgan.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko bilan birga xokkey o‘yinini tomosha qilishga borgan edi.
LiveBarchasi