Lukashenko “katta og‘a”sini yoniga bordi
Olam
−
05 aprel 2023
12802Bugun, 5 aprel kuni Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga bordi. Bu haqda “BelTA” xabar berdi.
Bugun, 5 aprel oqshomida Rossiya va Belarus Ittifoq davlati Oliy Davlat kengashi (ODK) yig‘ilishi arafasida davlat rahbarlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko alohida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi. Unda yetakchilar o‘zaro munosabatlarning keng ko‘lamli masalalarini, shu jumladan import o‘rnini bosish, hamkorlikni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishni muhokama qiladi. Mavzular orasida xalqaro vaziyat, xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ham bor.
Ertaga, 6 aprel kuni esa Moskvada Aleksandr Lukashenko Ittifoq davlati Oliy Davlat kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi. Tadbir ishtirokchilari 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan Ittifoq davlatini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari va ittifoq dasturlarini amalga oshirishning borishini ko‘rib chiqadi. Yana bir asosiy mavzu – Ittifoq davlatining Xavfsizlik konsepsiyasini ishlab chiqish ham nazarda tutilgan.
An’anaga ko‘ra, Oliy Davlat Kengashi kun tartibidagi ayrim masalalar Ittifoq davlati doirasidagi joriy faoliyat bilan bog‘liq bo‘ladi. Yig‘ilishda natijalar sarhisob qilinib, kelgusi davrdagi hamkorlikdagi ishlar muhokama qilinadi.