Lukashenko qanday holatda NATOga qarshi yadro quroli qo‘llanilishini ochiqladi
Olam
−
06 iyul 2023
10999Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Rossiya taktik-yadroviy qurollari mamlakatga o‘tkazilganini tasdiqlab, bunday qurollar qanday holatda NATOga qarshi ishlatilishi mumkinligini ochiqladi. Bu haqda BELTA xabar berdi.
Lukashenkoning aytishicha, taktik-yadroviy qurollar Ukraina bilan urushda qo‘llanilmaydi, ammo NATO agressiyasi yuz bergan holatda undan foydalaniladi.
“Urushni Ukrainaga yadroviy zarba berish bilan tugatish mumkinligiga kelsak, bu mutlaqo mumkin, lekin zarur emas. Prezident Putin bir necha bor ta’kidlaganidek, yadroviy quroldan, hatto cheklangan imkoniyatlarga ega bo‘lgan taktik-yadroviy quroldan ham foydalanish mumkin emas. Rossiyaning o‘z maqsadlariga erishishi uchun oddiy, yadroviy bo‘lmagan qurollari yetarli. Menimcha, Ukrainadagi urush, “maxsus harbiy operatsiya” hech bir tomondan yadroviy zarba berish uchun sabab emas va bo‘lmaydi ham. Endi agar NATOning Belarus yoki Rossiyaga qarshi tajovuzi bo‘lsa, bu bizning hududimizga bostirib kirish demakdir va bunday holda bizning qo‘llarimiz yechiladi”, deydi Belarus fuqarosi mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan uchrashuvda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko Belarusga qarshi tajovuz bo‘lsa, yadro qurolidan ikkilanmay foydalana olishini aytgandi. Shuningdek, u yadroviy quroldan xavotirga tushgan davlatlarni Rossiya-Belarus ittifoqiga qo‘shilishga chaqirgan.