Lukashenko bir yil ichida uchinchi marta Rossiyaga boradi. Bunga sabab nima? 

Olam

image
0:00
0:00
download

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Rossiyaga bir yil ichida uchinchi tashrifini rejalashtirmoqda. Bu haqda Minsk va Moskvadagi ma’lumotli manbalarga tayanib xabar berilgan.  

Kremlga yaqin manbaga ko‘ra, muzokaralar may oyi oxirigacha bo‘lib o‘tishi kerak, u qoldirilgan taqdirda spekulyatsiyani oldini olish uchun aniq sana oshkor etilmagan. 

Bundan tashqari, Rossiyaning qaysi shahri Prezidentlarning uchrashuv joyiga aylanishi haqida aniq ma’lumot berilmagan. 

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Putin va Lukashenko o‘rtasida o‘tkaziladigan bir yil ichidagi uchinchi muzokaralar, avvalgi Sochi va Moskvadagi ikki uchrashuv singari yopiq shaklda o‘tkaziladi. 

Ta’kidlanishicha, davlat rahbarlari uchrashuvlarining tez-tez bo‘lishi kuzga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan mamlakatlar integratsiyasi bo‘yicha yo‘l xaritalari ustida ishlash bilan bog‘liq. 

Belarus tomoniga ko‘ra, ayni paytda ikki tomon o‘rtasida soliq, bojxona va neft-gaz ittifoqi dasturlari bo‘yicha muhokamalar davom etmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Lukashenko va Vladimir Putin so‘nggi bor joriy yil aprel oyining oxirlarida uchrashgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Putin Lukashenko

Baholaganlar

112

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing