Lukashenko Belarusdagi vaziyatni Ikkinchi jahon urushi boshlanishiga qiyosladi
Olam
−
30 avgust 2020
8005Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatning g‘arbiy chegerasida yuzaga kelgan vaziyatni Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga qiyosladi. Bu haqda "Interfaks" xabar berdi.
“Prezident vaziyatni Ikkinchi jahon urushining boshanishiga — Sovet armiyasini aralashgani va natijada tajovuzni qaytarishga tayyor bo‘lmaganiga qiyosladi”, deyiladi xabarda.
Belarus yetakchisi g‘arbiy chegaradagi Grodnoga harbiylar joylashtirilganini ma’lum qildi.
“Men tarixni yaxshi o‘rganganman va bilaman. Shu sababli xulosalar qilaman. Men uchun Ikkinchi jahon urushining boshlanishi dars bo‘lgan. Shu sababli men armiyaning yarmini to‘liq jangovar shay holatga keltirishga va ular bizning marvaridimizga qaramasliklari uchun Grodnoga joylashtirib, uni qurshab olishga majbur bo‘ldim”, degan Lukashenko.
Ma’lumot uchun, 9 avgust kuni Belarusda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda 80,1 foiz ovoz to‘plagan amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozondi.
Minsk va boshqa shaharlarda Lukashenko va saylov natijalariga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi. Shundan beri har kuni Prezidentdan norozi odamlar namoyishga chiqyapti. Belarusda namoyishlar ortiqcha to‘s-to‘palonlarsiz bo‘lyapti.
LiveBarchasi