Lukashenko: “Belarusda namoyishchilarga nisbatan taktika o‘zgardi”
Olam
−
20 Oktabr 2020
9745Belarus Hukumati mamlakatda namoyishchilar bilan kurash taktikasini o‘zgartirdi. Bu haqda Prezident Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi, deb xabar berdi BelTA.
“Ularning Minsk bo‘ylab kezib, behayolarcha yurishlari yomon. Ammo biz taktikani o‘zgartirdik. Biz xotirjam barchasini topamiz. Zamonaviy vositalar bunga imkon beradi, buni uddalaymiz. Hamma o‘zi uchun javob beradi”, degan Lukashenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sanksisiz namoyishlar allaqachon “birdan ko‘zi ochilgan” va “hokimiyatga kim kelishi mumkinligi va nima bo‘lishini ko‘rgan” odamlarning fikri o‘zgargan.
“Ular yo‘qotishi mumkinligini tushundi. Minskliklar OAVda aytishicha ular qo‘rqqanidan tunlari uxlamayapti, bolalarini ko‘chaga olib chiqmayapti. Odamlar sokin Minskni to‘lqinlangan Minsk bilan solishtirishdi va nimani yo‘qotishligi mumkinligini ko‘rishdi”, degan Lukashenko.
Avvalroq, Belarusda Davlat xavfsizlik qo‘mitasi hibsxonasida saqlanayotgan muxolifat yetakchilari ozodlikka chiqarilgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot o‘rnida, Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkazilgan 9 avgust beri namoyishlar bo‘lib o‘tyapti. Namoyishchilar saylov natijasidan norozi bo‘lib, namoyishlar uyushtiryapti. Ular saylovni qayta o‘tkazishni talab qilyapti. Belarus Prezidenti esa qayta saylov o‘tkazish uchun Konstitutsiya o‘zgartirish kiritish kerakligini aytyapti.
LiveBarchasi