Lukashenko Belarus uchun kurashishini ma’lum qildi
Olam
−
16 dekabr 2020 4463 1 daqiqa
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakati uchun kurashishini ma’lum qildi. U bu haqda Mogilyovdagi viloyat klinik shifoxonasi xodimlari bilan uchrashuvda aytib o‘tgan, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
“Oxirgi politsiyachi va haqiqiy shifokor “Bo‘ldi, Lukashenko, siz o‘z vazifangizni bajarib bo‘ldingiz”, demagunicha men bu mamlakat uchun kurashaman. Menda undan boshqa hech narsa yo‘q”, degan Lukashenko.
Avvalroq, Aleksandr Lukashenko Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkil qilinadigan tadbirlardan chetlatilgani haqida ma’lumot bergandik.
Keyinchalik, Lukashenko HOQ sanksiyasidan darg‘azab bo‘lgani ma’lum qilingandi.
Ma’lumot o‘rnida, Belarusda joriy yilning 9 avgust kuni mamlakat prezidentligi uchun saylovlar o‘tkazilgandi. Rasmiy natijaga ko‘ra, saylovda Aleksandr Lukashenko 81 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Ammo mamlakat xalqi bu natijani qabul qilishni xohlamay, namoyishga chiqdi. Saylovdan keyin bir oy davomida har kuni tinch norozilik namoyishi uyushtirildi. Ammo Hukumat politsiya va OMON guruhini ishga solib, mitinglarni tarqatishga urindi. Yuzlab odamlar qo‘lga olindi.
Oktyabr oyidan boshlab haftaning oxirida namoyish uyushtiriladigan bo‘ldi va bu hozirgacha davom etyapti.
Saylovda Lukashenkoga raqiblik qilgan muxolifat yetakchisi Svetlana Tixanovskaya Belarusni tark etib, Litvadan panoh topdi. U hamon aholini Lukashenkoga qarshi namoyishlar uyushtirishga chaqirib kelyapti.
Live
Barchasi