Lukashenko Belarus Suriyaga qo‘shin yuborayotganini yolg‘onga chiqardi
Olam
−
08 fevral 2022
3838Belarus Respublikasi fuqarosi Aleksandr Lukashenko Rossiya hukumati Belarus harbiylarini Suriyaga jo‘natishni ma’qullagani haqidagi xabardan hayratda qolib, bu ma’lumotni soxta deb atadi. Bu haqda Lukashenko bugun, 8 fevral kuni Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ma’lum qilgan, deb xabar berdi BelTA.
“Kecha Rossiya hukumati harbiylarimizni Suriyaga yuborishga qaror qilgani haqida yana bir soxta xabar tarqaldi. Men uchun bu yangilik bo‘ldi. Amaldagi qonunlarga ko‘ra, bu Prezidentsiz imkoni yo‘q ekanini tushunasiz. Lekin men u yerga hech kimni yubormadim. Muhokama qilingan yagona narsa, bu uzoq vaqtdan beri davom etmoqda, Suriyada shifokorlarga yordam berishimizni so‘rashdi. Agar bizning shifokorlarimiz, birinchi navbatda, harbiylar orasidan kimdir borishni istasa, ular ketadi, lekin hozir emas. Chunki o‘zimizda muammolar talaygina. Yetmaganiga pandemiya ham tugamadi. Shuning uchun bu vaziyatda biz shifokor bilan ham suriyaliklarga yordam bera olmaymiz”, deydi davlat rahbari.
Lukashenko Belarusning Suriyaga qo‘shin yuborish niyatida emasligiga ishontirdi. U bu masala Rossiya qo‘lloviga erishish uchun muhokama qilinganini ta’kidladi.
“U yerda ishimiz yo‘q. Yana bir bor ta’kidlayman: biz yordam kerak bo‘lsa, beramiz. Faqat ixtiyoriy asosda. Shifoxonalarimizdagi keskinlik pasayganidan keyingina. Yo‘q, ular “Rossiya hukumati qaror qabul qildi”, deb shov-shuv ko‘tara boshlaydi. Biz Rossiya hukumati bilan Rossiya bizni qo‘llab-quvvatlashi uchun u yerga odam yuboramizmi, deb muhokama qildik. Shifoxona bo‘lsa, ruslar bilan ishlaganimiz ma’qul, ularda katta tajriba bor. Hamma masala shu”, degan Lukashenko.
Avvalroq, Rossiya hukumati Belarus harbiylarini Suriyaga yuborishni ma’qullagani haqida xabar bergan edik. Belarus harbiylari Suriyadagi rus bazasida shifokorlarga yordam berishi ko‘zda tutilgan.
LiveBarchasi