Lukashenko Belarus kelajagiga oid masalalarni ko‘rib chiqmoqchi
Olam
−
21 Oktabr 2020 3717 1 daqiqa
Joriy yilning dekabr oyida Butunbelarus xalq yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilinadi. Bu haqda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qilgan.
Uning ta’kidlashicha, ushbu yig‘ilish Respublikaning kelgusi besh yilga mo‘ljallangan rivojlanish maqsadlarini belgilab beradi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Hukumat allaqachon kelgusi yil va kelgusi yil byudjeti rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
2021 yilgi rejalarni batafsil ko‘rib chiqish esa joriy yilning noyabr oyiga rejalashtirilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkazilgan 9 avgustdan keyin bir qator namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Ularda saylovni qayta o‘tkazish talab qilindi. Belarus Prezidenti esa qayta saylov o‘tkazish uchun Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish kerakligini aytyapti.
Lukashenkoning saylovdagi asosiy raqibi Svetlana Tixanovskaya saylovdan bir necha kun o‘tgach, Litvaga ketishga majbur bo‘lgan.
13 oktyabr kuni Tixanovskaya mamlakat Hukumati muxolifat talabini bajarmasa 13 kundan keyin barcha korxonalarda ish tashlash boshlanishini aytib, ultimatum qo‘ygan.
Live
Barchasi
Sanginovning o‘g‘li otasining eski lavozimini egalladi.
31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga bordi.
30 dekabr 2025
Prezident Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining yangi binosini borib ko‘rdi.
30 dekabr 2025
Tayvan qirg‘oqlarida 6,7 magnitudali zilzila qayd etildi.
29 dekabr 2025