Lukakuning kelajagi noaniqligicha qolmoqda

Sport

image

Belgiyalik 30 yoshli futbolchi Romelu Lukakuning hali ham “Chelsi”ga o‘tishi yoki “Inter”da qolishi noaniq bo‘lib turibdi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, mavsum avvalida “Inter” “Chelsi”dan sotib olish huquqisiz ijaraga olgan belgiyalik hujumchi Lukakuning keyingi taqdiri haqida hanuz yakuniy javob aytilmagan.  

Jamoalar 11 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadigan Yevropa Chempionlar ligasi finalidan keyin bu borada harakat boshlashi kutilmoqda. Lukaku esa “Inter”da qolmoqchi.

Ma’lumot uchun, “Chelsi” va hujumchi o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2026 yilning iyuniga qadar tuzilgan. U bu mavsum “Inter” safida 24 o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Chelsi futbol Lukaku

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing