Lukaku YeCHL chempioni safiga qo‘shilishi mumkin

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi “Inter” hujumchisi Romelu Lukakuning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqida “Football London” nashri xabar berdi.

Unda keltirilishicha, klub prezidenti Roman Abramovich Timo Vernerning hujumdagi o‘yinidan qoniqish hosil qilmagan va uni zahira o‘yinchisi sifatida ko‘rmoqda. Shuningdek, Tomas Tuxel ham aynan Lukaku bilan kelasi mavsum APLni yutishiga ishonmoqda.

Hozirda “Chelsi” rasmiylari milanliklar bilan rasmiy tarzda bog‘langan. 28 yoshli hujumchining transfer narxi 70-80 million yevro atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, belgiyalik forvard 2019 yilning yozida “Manchester Yunayted”dan “Inter” safiga ko‘chib o‘tgan edi. Yakuniga yetgan mavsumda u jamoasi bilan A Seriya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Lukaku

Baholaganlar

14

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing