64-o‘rindagi Ronaldu va 100 millionlik trio: APLning eng qimmat futbolchilari kimlar?

Sport

image
0:00
0:00
download

“Transfermarkt” portali Angliya Premer ligasining eng qimmat futbolchilarining yangilangan reytingini e’lon qildi.

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 64-pog‘onadan o‘rin olgan. U o‘tgan oydagiga nisbatan 10 million yevro arzonlashgan va 35 millionga baholangan.

Kuchli uchlikdan 100 million yevro turadigan hujumchilar – Muhammad Saloh (“Liverpul”), Romelu Lukaku (“Chelsi”) va Harri Keyn (“Tottenxem”) joy olgan. Shu bilan birga, Keynning narxi avvalgi reytingga nisbatan 20 millionga pasayganini aytib o‘tish kerak.

4-o‘rin yarim himoyachilar – Bruno Fernandesh (“Manchester Yunayted”) va Kevin De Bryuynega (“Manchester Siti”) nasib etgan. Ularning transfer narxi 90 million yevro etib belgilangan.

6-pog‘onani 85 million yevroga baholangan Markus Reshford, Jeydon Sancho (ikkalasi “Manchester Yunayted”) va Raxim Sterling (“Manchester Siti”), shuningdek, yarim himoyachi Filipp Foden (“Manchester Siti”) egalladi.

10-o‘rinda Sadio Mane (“Liverpul”), Jek Grilish (“Manchester Siti”) va Son Xyon Min (“Tottenxem”) va Trent Aleksandr Arnold (“Liverpul”) joylashgan. Ushbu futbolchilar 80 million turadi.

Ma’lumot uchun, MYU vakillari – Rafael Varan (65 million), Pol Pogba (55 million), Meyson Grinvud (50 million), Garri Maguayr (48 million) va Lyuk Shou (42 million) va Aaron Uan-Bissaka (38 million) 36 yoshli Ronalduga nisbatan qimmatroq baholangan.
 


Maqola muallifi

Teglar

APL Ronaldu Keyn Saloh Lukaku Transfermarkt

Baholaganlar

522

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made