Lukaku o‘ziga nisbatan bosim his qilmoqda – Tuxel
Sport
−
18 yanvar 2022
2815“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel hujumchi Romelu Lukakuning jamoa o‘yiniga moslashishi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Lukaku o‘ziga nisbatan bosimni his qilmoqda. Hech kim unga o‘zidan ko‘ra ko‘proq bosim o‘tkaza olmaydi. Biz yuqori umidlar va bosim fonida muvozanatni topishimiz kerak, shunda u bir vaqtning o‘zida yetarlicha bo‘shashib, o‘z darajasini namoyish etadi. Gap shunchaki motivatsiya va talabda emas, maydonda xotirjamlik hissi ham bo‘ladi, shundagina qattiq mehnat qilinsa, hammasi joyiga tushadi”, deydi Tuxel.
Shuningdek, 48 yoshli germaniyalik mutaxassis Lukakuning jamoaga moslashuvini keskin tanqid qilib, futbol jamoaviy o‘yin ekanini ta’kidladi:
“Jamoa o‘yinini Lukakuga moslashtirish kerak emasmi? Bu noto‘g‘ri savol, chunki gap bir futbolchiga e’tibor qaratish haqida ketyapti. U asosiy o‘yinchi va biz uning shunday qolishini istaymiz, ammo bu to‘g‘ri yo‘l emas. Biz har bir futbolchini hisobga olamiz. Bu jamoaviy sport, bir kishi uchun 10 kishi ishlaydigan o‘yin emas”.
Eslatib o‘tamiz, FIFA tomonidan o‘tkazilgan “The Best” marosimida Tomas Tuxel eng yaxshi murabbiy, deb topilgan edi.
LiveBarchasi