Lukaku faoliyatini Milanning qizil-qora tomonida davom ettirishi mumkin

Sport

image

Italiyaning “Milan” klubi “Chelsi” hujumchisi Romelu Lukakuni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Italiya klubi transfer bo‘yicha “Chelsi” bilan bog‘langan. “Rossonerilar” 30 yoshli belgiyalik futbolchi uchun taklif tayyorlamoqda.

“Chelsi” Lukaku uchun 40 million yevro talab qilmoqda. O‘tgan mavsumni u ijara asosida “Inter”da o‘tkazdi. Shuningdek, unga Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi ham qiziqish bildirmoqda. “Al-Hilol” futbolchiga mavsumiga 30 million yevro maosh taklif qilyapti. 

Lukaku o‘tgan mavsum A Seriyada 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer narxi 40 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Milan Lukaku

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made