Los-Anjeles-2028: Futbol bahslari uchun kvotalar belgilandi

Sport

image

2028 yil Amerikaning Los-Anjeles shahri mezbonlik qiladigan yozgi Olimpiya o‘yinlarining dasturlariga bir qator aniqliklar kiritilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, futbol bahslarida erkaklar uchun 12, ayollar uchun 16 jamoaga kvota ajratiladi.

Parij mezbonlik qilgan oxirgi Olimpiya o‘yinlarida buning aksi, ya’ni erkaklar jamoalari uchun 16, ayollar uchun esa 12 ta kvota belgilangan edi.

Qayd etish joiz, Fransiyadagi o‘yinlarda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi ham ishtirok etib, guruhdayoq yurishini yakunlagandi, biroq Kapadze shogirdlari O‘zbekiston tarixidagi ilk bor Olimpiada yo‘llanmasi ega chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada Amerika Los-Anjeles

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing