London Kiyev uchun 300 million dollardan ortiq mablag‘ ajratadi

Olam

image

Buyuk Britaniya kelasi yil davomida o‘q-dorilarni sotib olish va uni ishlab chiqarish uchun ta’minot zanjirlarini kuchaytirish maqsadida Ukrainaga 245 million funt sterling (taxminan 311 million dollar) yordam paketini taqdim etadi. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi bayonot berdi.

Qayd etilishicha, yangi mablag‘lar paketi Kiyevning artilleriya o‘q-dorilari zaxirasini to‘ldiradi.

Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Grant Shapps mamlakat parlamenti Jamoatlar palatasida so‘zlagan nutqida Ukrainaga 200 ta yuqori aniqlikdagi Brimstone raketalarini o‘z ichiga olgan yordam paketini e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Britaniya va Latviya Ukrainaga minglab dronlarni, jumladan, FPV (First Person view) dronlarini yetkazib bermoqchi ekani ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made