Loma navbatdagi jangini mutlaq Jahon chempioniga qarshi o‘tkazadi 

Sport

image

Uch yo‘nalish bo‘yicha sobiq Jahon chempioni Vasiliy Lomachenkoning (15-2) promouteri Bob Arumning ta’kidlashicha, “xay-tek” mutlaq Jahon chempioni Jorj Kambososga qarshi jang qilishi mumkin.

Agar Loma Richard Kommini (30-3) mag‘lub etsa, WVO chempionligi uchun majburiy davogarga aylanadi.

“Menimcha, yengil vazn toifasidagi chempionlik Kambosos bilan bizning ustuvor kurashimizdir. Bu yigit Lomachenkoni yutgan Teofimoni mag‘lub etdi. U Devin Xeyni bilan jangda ham WBC  unvonini olib qo‘ya oladi. Barchasi Kambosos nimani xohlayotganiga va boks tashkilotlarining istagiga bog‘liq. Aytishlaricha, u Avstraliyada jang qilmoqchi. Bizni WBO tashkiloti bilan kelishuvimizga binoan Kommi ustidan g‘alaba qozongan taqdirimizda majburiy raqibga aylanamiz. Albatta, Avstraliyaga borishdan xursand bo‘lamiz, chunki men bu mamlakatda jang qilishda katta tajribaga egaman”, deydi Arum.

Ma’lumot uchun, Lomachenko – Kommi dueli joriy yilning 11 dekabr kuni Nyu-Yorkdagi “Madison Square Garden” arenada bo‘lib o‘tadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

WBO Prof boks Lomachenko Lopes Kambosos Arum

Baholaganlar

11

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing