Liviyadagi suv toshqinlari oqibatida 4 futbolchi halok bo‘ldi

Sport

image

Liviyada yuz bergan kuchli suv toshqini oqibatida 4 nafar futbolchi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi xabar berdi.

“Shahin Al-Jamil, Solih Sassi, Shaluf Al-Husayn va Muntxer Sadakining vafoti munosabati bilan ta’ziya bildiramiz”,  deyiladi Liviya futbol federatsiyasi bayonotida.

Telekanalga ko‘ra, sel qirg‘oq bo‘yidagi Derna shahrining to‘rtdan bir qismini vayron qilgan. Kuchli yog‘ingarchilik tufayli shahar yaqinidagi ikkita suv to‘g‘oni yorilib ketgan.

Liviyaning sharqiy qismidagi suv toshqinlariga joriy yilning 10 sentyabr kuni mamlakatni qamrab olgan “Daniyel” to‘foni sabab bo‘lmoqda. Tabiiy ofat qirg‘oq bo‘yidagi Jabal al-Axdar, Derna va Beng‘ozi shaharlariga zarar yetkazgan. Ayni paytda sharqdagi Kirenaika provinsiyasining uchta hududida komendantlik soati joriy etilgan.

Mahalliy Qizil Xoch ko‘ngillilari toshqin oqibatida 10 ming kishi bedarak yo‘qolgani hamda 5,2 ming kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

suv toshqini Liviya futbolchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing